Multimedia texnologiyalari orqali talabalarda raqamli kompe - tentlikni rivojlantirish
43 shuni koʻrsatadiki, multimedia texnologiyalari taʻlim jarayonida oʻqituvchi tomonidan passiv koʻrsatish vositasi sifatida emas, balki talabaning faol raqamli kompetentligini shakllantiruvchi muhit sifatida qoʻllanilganda uning samaradorligi bir necha barobar ortadi. Raqamli kompetentlik (Digital Competency) tushunchasi zamonaviy pedagogikaning eng koʻp muhokama qilinadigan va bir vaqtning oʻzida eng xilma-xil talqin qili - nadigan kategoriyalaridan biriga aylandi. Yevrokomissiya tomonidan ishlab chiqilgan DigComp (Digital Competence Framework for Citizens) tizimi bu sohadagi eng keng qabul qilingan yondashuv hisoblanib, raqamli kompetentlikni besh asosiy sohani oʻz ichiga oluvchi murakkab tuzilma sifatida taʻriflaydi: axborot va maʻlumotlar savodxonligi, kommunikatsiya va hamkorlik, raqamli kontent yaratish, xavfsizlik va muammolarni hal etish. Ushbu čerchevc talabaning passiv foydala
Сведения
- Журнал
- Халқ таълими
- Опубликовано
- 2026 · № 5, С. 42
- Источник
- pubedu.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги