Markaziy osiyoda suv resurslari muammosi va barqaror boshqaruv strategiyalari
136 “XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2026. № 5. www.pubedu.uz M arkaziy Osiyo mintaqasi tabiiy-iqlim sharoiti jihatidan asosan qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil hududlardan iborat bo‘lib, suv resurslari iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning hal qiluvchi omillaridan biri hisoblanadi. Mintaqa tarkibiga O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlari kiradi. Ushbu davlatlarning aksariyatida yalpi ichki mahsulot tarkibida agrar sektor muhim ulushga ega bo‘lib, suv resurslariga yuqori darajada bog‘liqdir. Markaziy Osiyodagi suv resurslarining 80 foizdan ortig‘i tog‘li hududlarda shakllanadi. Xususan, Qirg‘iziston va Tojikiston hududlarida joylashgan muzliklar hamda tog‘ daryolari mintaqaning asosiy suv manbai hisoblanadi. Pastki oqim hududlarida joylashgan O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston esa asosan sug‘orish, sanoat va ichimlik suvi ehtiyojlari uchun
Сведения
- Журнал
- Халқ таълими
- Опубликовано
- 2026 · № 5, С. 135
- Источник
- pubedu.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги