Ekologik ta’lim-tarbiyada tabiiy suv resurslaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari
100 “XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2026. № 2/1. www.pubedu.uz dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Oliy ta’lim tizimida suv resurslari haqidagi bilimlarni faqatgina biologiya yoki geografiya fanlari doirasida cheklab qo‘ymasdan, balki iqtisodiyot, matematika, kimyo va boshqa fanlar bilan integratsiya qilish maqsadga muvofiqdir. Masalan, iqtisodiy fanlarda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini baholash, matematika va statistika fanlarida suv iste’moli bilan bog‘liq hisob-kitoblar, kimyo fanida esa suv tarkibini tahlil qilish orqali kompleks bilimlar shakllantiriladi. Qolaversa, ekologik tarbiya auditoriya yoki mashg‘ulot xonasining ichida to‘liq shakllanmaydi. Mahalliy daryolar, ko‘llar, kanallar yoki suv omborlariga ekskursiyalar tashkil etish. Talabalar suvning tabiiy holatini ko‘rishi, uning atrofidagi ekotizimni (o‘simlik va hayvonot dunyosini) kuzatishi kerak. Bu “ko
Сведения
- Журнал
- Халқ таълими
- Опубликовано
- 2026 · № 2, С. 99
- Источник
- pubedu.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги