Central AsianResearch Index

Fitratning pedagogik ta’limotidan foydalanishning ijtimoiypedagogik omillari

82 “XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2026. № 2/1. www.pubedu.uz o‘z siyosiy agentlari (vakillari) yordamida mahalliy xon va amir vakolatlarini cheklabgina qolmay, ularni qo‘g‘irchoqqa aylantirib, rus va g‘arb sarmoyadorlarining ishlashi va yashashi uchun sharoit yaratadi, turli kompaniyalar, aksiyadorlik jamiyatlari manfaatini ko‘zlaydi. Ayni chog‘da mahalliy aholining talab va ehtiyojlari nazarga olinmay qo‘yildi, diniy e’tiqodlari, urf-odatlari bilan hisoblashmaslik, ularni mensimaslik kuchaydi. Hayotiy, ilmiy saviyasi yuqori bo‘lgan qozilar tajribasiz kishilar bilan almashtirildi, poraxo‘rlik, ijtimoiy-siyosiy adolatsizlik avj oldi. Madrasa va maktablar faoliyatini cheklash, mahalliy joy nomlarini ruscha atamalar bilan almashtirish, mahkama jarayonida qozilar bo‘yniga xoch taqtirishgacha borildiki, yerli aholini bu xilda tahqirlash hollari mustamlakachilarning bedodligini yaqqol k

Сведения

Опубликовано
2026 · № 2, С. 81
Источник
pubedu.uz
Язык
Узбекский
Издатель
Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги