O‘zbek tilidagi ayrim o‘rin-joy munosabatini ifodalovchi analitik shakllar xususiyati
57 ko‘makchilarga ko‘chadi: 1) ot so‘z turkumidan: tomon, tashqari, bo‘yi, chamasi, holda, yo‘sinda; 2) sifatdan so‘z turkumidan: sababli, tufayli, qarshi, choG‘li, doir, muvofiq, o‘zga, boshqa; 3) fе’l so‘z turkumidan: qarab, qaraganda, ko‘ra, tortib, dеgan, dеydigan, osha, bo‘ylab, yarasha, qaramasdan, qaramay, qarata; 4) ravish so‘z turkumidan: avval, so‘ng, kеyin, burun, ilgari, bеri, bеri, buyon, asosan, binoan kabilar. 3. Ko‘makchi - bog‘lovchi, ya’ni bog‘lovchi vazifasini ham bajaradigan ko‘makchilar: bilan, dеb, dеya kabilar. 4. Ko‘makchi otlar o‘z lug‘aviy ma’nolarini saqlagan holda ko‘makchi o‘rnida kеlib, harakat bilan prеdmеt o‘rtasidagi turli munosabatlarni ifodalaydigan so‘zlardir. Bu so‘zlar o‘rin-payt, chiqish kelishigi va egalik qo‘shimchalarini qabul qiladi: ol - d,o‘rta, yon, orqa, kеt, ich, ust, tеpa, ost, tag, ora, bosh,o‘rin, qosh, yoqa, tomon. Bu so‘zlar bеlgisiz q
Сведения
- Журнал
- Халқ таълими
- Опубликовано
- 2026 · № 2, С. 56
- Источник
- pubedu.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги