Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy integratsion yondashuv asosida o‘qitishning ijtimoiy-pedagogik asoslari
54 “XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2026. № 2/1. www.pubedu.uz yetarli darajada ta’minlanmagan holda beriladi. Bu esa o‘quvchilarda bilimlarning parchalangan holda shakllanishiga olib keladi. Natijada o‘quvchi o‘zlashtirgan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qo‘llashda qiyinchilikka duch keladi. Shu nuqtai nazardan, zamonaviy ta’limda integratsion yondashuv asosida o‘qitishni tashkil etish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Integratsion yondashuv ta’lim jarayonida turli fanlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’minlash orqali o‘quvchilarda yaxlit bilim tizimini shakllantirishga qaratilgan pedagogik konsepsiya hisoblanadi. Mazkur yondashuvning mohiyati shundan iboratki, unda bilimlar alohida-alohida emas, balki o‘zaro aloqadorlikda, kompleks tarzda o‘zlashtiriladi. Bu esa o‘quvchilarning tafakkurini kengaytiradi, ularni har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi. Integratsiya jarayoni o‘
Сведения
- Журнал
- Халқ таълими
- Опубликовано
- 2026 · № 2, С. 53
- Источник
- pubedu.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги