Mahalla– ijtimoiy pedagogik tarbiya maskani
16 “XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2026. № 2/1. www.pubedu.uz shaxs sifatida rivojlanishi va kamol topishida yetakchi kuch sifatida ko‘maklashuvchi maskan hisoblanadi. Mahallalarda o‘tkaziladigan hashar ishlari yoshlarga jamoaviylik, mehnatsevarlik ruhini singdirsa, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar esa asrlar davomida qadriyat sifatida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, atrofidagi insonlarga nisbatan mehr-oqibat tuyg‘ularini shakllantiradi. Ulug‘ mutafakkirlarimiz asarlarida ham mahallaning insonlarimiz hayotidagi o‘rni tadqiq etilgan bo‘lib, jumladan, Forobiyning “Fozil odamlar shahri”, Abu Rayhon Beruniyning “Osori-al boqiya”, Narshahiyning “Buxoro tarixi”, Alisher Navoiyning “Majolis-un Nafois”, Zayniddin Vasifiyning “Badoyi ul vaqoye”, Boburning “Boburnoma”, Xondamirning “Makorimul axloq” asarlari bunga yorqin misol bo‘la oladi. Abu Nasr Forobiyn
Сведения
- Журнал
- Халқ таълими
- Опубликовано
- 2026 · № 2, С. 15
- Источник
- pubedu.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги