Autizm spektri buzilishiga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim
132 “XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2026. № 2/1. www.pubedu.uz neverbal kommunikatsiya buzilishi, takrorlanuvchi xulq-atvor shakllari bilan xarakterlanishini ta’kidlaydi. O‘zbekiston amaliyotida esa autizm spektri buzilishiga ega bo‘lgan bolalarda o‘quv jarayoniga moslashishning sekinligi, o‘zgaruvchan vaziyatlarga nisbatan yuqori stress reaksiyasi, sensor sezgirlikning kuchaygan yoki pasaygan holatlari, bir xil faoliyatga haddan ortiq qiziqish kabi belgilar keng kuzatiladi. Ushbu omillar o‘qituvchi va mutaxassislar oldiga o‘ziga xos pedagogik yondashuvlarni talab qiluvchi vazifalarni qo‘yadi. O‘zbekiston ta’lim tizimida inklyuziv yondashuvning bosqichma-bosqich kengayib borishi ASB bo‘lgan bolalarni umumta’lim muassasalariga integratsiya qilish bo‘yicha ilmiy-metodik izlanishlarning dolzarbligini oshirmoqda. Professor Sh.Usmonov, A.Azizxo‘jayev, G.Saparova, M.Yo‘ldosheva kabi maha
Сведения
- Журнал
- Халқ таълими
- Опубликовано
- 2026 · № 2, С. 131
- Источник
- pubedu.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги