Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari vositasida talabalarning vatanparvarlik kompetensiyalarini rivojlantirish
96 “XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2026. № 3. www.pubedu.uz Global internet asrida yoshlarning milliy identitetini mustahkamlash va ularni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash dolzarb pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Yurtimizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Xususan, “Yangi O‘zbekiston – 2030” strategiyasida yoshlarning milliy qadriyatlar, tarixiy meros hamda ma’naviy an’analar asosida tarbiyalanishini ta’minlash muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. Mazkur strategik yondashuv ta’lim tizimida milliy tarix va madaniy merosni o‘rganishga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirishni taqozo etadi.Bu borada Bobur asarlari, ayniqsa “Boburnoma”, o‘zining tarixiy, adabiy va tarbiyaviy ahamiyati bilan alohida ajralib turadi. Bobur o‘z asarida ona yurti haqida katta mehr bilan yozadi
Сведения
- Журнал
- Халқ таълими
- Опубликовано
- 2026 · № 3, С. 95
- Источник
- pubedu.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги