Qozoq tili darslarida o‘quvchilarning lingvomadaniy kompe - tensiyasini shakllantirish masalalari
65 Til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik masalasi zamonaviy tilshunoslikda alohida ilmiy yo‘nalish – lingvomadaniyatshunoslikning shakllanishiga asos bo‘ldi. Ling - vomadaniyatshunoslik til birliklari orqali xalqning mentaliteti, dunyoqarashi, urf-odatlari, an’analari hamda madaniy qadriyatlarini o‘rganishga qaratilgan fanlararo yo‘nalish sifatida e’tirof etiladi. Ushbu yo‘nalish tilni faqat kommunikativ vosita sifatida emas, balki milliy madaniyatni aks ettiruvchi muhim ijtimoiy-madaniy fenomen sifatida talqin qiladi. Til birliklarida xalqning tarixiy xotirasi, madaniy tajribasi va milliy identifikatsiyasi mujassam bo‘lganligi sababli, tilni o‘qitish jarayonida lingvomadaniy yondashuvdan foydalanish o‘quvchilarning til kompetensiyasini chuqurlashtirish bilan bir qatorda, ularning madaniy tafakkurini rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Shu jihatdan, qozoq tili darslarida o‘quvchi
Сведения
- Журнал
- Халқ таълими
- Опубликовано
- 2026 · № 3, С. 64
- Источник
- pubedu.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги