O‘quvchilarni millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashning artpedagogik imkoniyatlari
13 rishni nazarda tutadi. O‘quvchilarning jahon va milliy madaniyat bilan tanishishi, unda milliy o‘zlikni ang - lashning shakllanishi, ijodiy shaxsiyatning rivojlanishi u a’zo bo‘lgan tarbiya beruvchi jamoalar, birinchi navbatda sinf jamoasi, u ixtiyoriy ravishda, sevimli mashg‘uloti bilan shug‘ullanish uchun kelgan badiiy to‘garaklar faoliyati jarayonida yuz beradi. Maktab, obyektiv va subyektiv sabablarga ko‘ra, ko‘p millatli san’at asosida o‘quvchilarning muloqotga bo‘lgan ehtiyojini qondira olmaydi va maktabdan tashqari muassasalar badiiy to‘garaklarining muayyan ko‘magiga muhtojlik sezadi. Badiiy to‘garaklar insonni madaniylashtirishning muhim unsuri sifatida o‘smirlarning qiziqishlariga qarab ijod qilish asosida shaxslararo munosabatlarga jalb qiladi. Zamonaviy xalqaro tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, interkultural yondashuv (Intercul - tural approach) ta’limda madaniy xilma-xillik
Сведения
- Журнал
- Халқ таълими
- Опубликовано
- 2026 · № 3, С. 12
- Источник
- pubedu.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги