Maktabgacha ta’lim jarayonida iqtisodiy mazmundagi ertak va rolli o‘yinlardan foydalanish texnologiyalari
M aktabgacha ta’limda bolalarning iqtisodiy ongini shakllantirishda ertak va rolli o‘yinlarni tizimli tarzda qo‘llash muhim pedagogik vosita hisoblanadi. Ushbu jarayon nafaqat bolalarning bilimini oshirish, balki ularning tafakkuri, nutqi, muloqot va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ertaklar bolalarda axloqiy qadriyatlarni shakllantirsa, rolli o‘yinlar esa amaliy ko‘nikmalarni mustahkam - laydi. Shu sababli pedagogik jarayonda ertak va o‘yinlarni integratsiya qilish, ya’ni turli faoliyat turlarini bir-biri bilan bog‘lash orqali qo‘llash muhimdir. Pedagog bolalarga ertakni qiziqarli va sodda usulda taqdim etadi. Bolalar ertakni MAKTABGACHA TA’LIM 109 tinglagach, qahramonlarning xatti-harakatlarini tahlil qiladi, voqealarni izchil anglaydi va sabab-oqibat munosabatlarini tushunadi. Shu bosqichda pedagog savollar orqali bolalarni fikrlashga, muayyan xulosalar chiqaris
Сведения
- Журнал
- Халқ таълими
- Опубликовано
- 2026 · № 3, С. 108
- Источник
- pubedu.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги