Innovatsion ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarda boshqaruvchilik kompetensiyalarini shakllantirish
59 tiv, refleksiv va raqamli. Strategik komponent ta’lim maqsadlarini belgilash, rivojlanish tendensiyalarini hisobga olish va uzoq muddatli rejalashtirishni qamrab oladi. Tashkiliy komponent ta’lim jarayonini samarali yo‘lga qo‘yish, o‘quv faoliyatini muvofiqlashtirish va resurslardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq. Kommunikativ komponent jamoaviy ishlash, hamkorlik va ijtimoiy munosabatlarni samarali boshqarishni nazarda tutadi. Refleksiv komponent esa pedagogning o‘z faoliyatini tahlil qilishi va uni takomillashti - rishga qaratilgan ichki mexanizm hisoblanadi. Raqamli komponent zamonaviy axbo - rot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, ta’lim jarayonini raqamli muhitda boshqarish va ma’lumotlar asosida qaror qabul qilish qobiliyatini ifoda etadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy pedagogik tayyorgarlikda boshqaruvchilik ko‘nikmalari ko‘proq nazariy xarakterga ega bo
Сведения
- Журнал
- Халқ таълими
- Опубликовано
- 2026 · № 2, С. 58
- Источник
- pubedu.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги