Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida nogironligi boʻlgan oʻquvchilar uchun inklyuziv taʼlim muhitini boshqarish mexanizmlari
33 tafakkirlari Imom al-Buxoriy, Abduxoliq Gʻijduvoniy, Abu Iso Muhammad at-Termiziy, Ibn Sino, Farobiy, Beruniy, Mirzo Ulugʻbek, Yusuf Xos Hojib, Imom Gʻazzoliy, Bahovuddin Naqshband, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy kabi allo - malar oʻz zamonlarida oilada, jamiyatda yoshlar tarbiyasi va uning kamolotiga pedagogik-psixologik yondashuv muammosi toʻgʻrisida yozilgan ilmiy va ilmiy-pedagogik mushohadalari bizgacha yetib kelgan noyob asarlarida oʻz ifodasini topgan. Ayniqsa, Abu Ali ibn Sino asarlarida sogʻlom bolalar bilan bir qatorda, alohida yordamga muhtoj bolalar tarbiyasiga oid tavsiyalar ham beriladi. Alloma nogiron bola tengqurlari qatori taʼlim-tarbiya olishga haqli ekanini aytib, ularda kasb-hunar oʻrganish, ilm olishga qiziqish boshqalarga nisbatan kuchliligini taʼkidlaydi. Sharq allomalarining bola shaxsini tarbiyalash, ularning rivojlanishida taʼlim-tarbiyaning taʼsiri haqidagi
Сведения
- Журнал
- Халқ таълими
- Опубликовано
- 2026 · № 2, С. 32
- Источник
- pubedu.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги