Central AsianResearch Index

Boshlang‘ich ta’limda interaktiv o‘qitish texnologiyalarining psixologik asoslari

116 “XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2026. № 2. www.pubedu.uz refleksiv xarakterga ega bo‘lgan o‘zaro ta’sir tizimi sifatida talqin etiladi. Ilmiy yondashuvga ko‘ra, interaktivlik oddiy axborot almashinuvi emas, balki bilish faoliyatini tashkil etishning ijtimoiy-psixologik mexanizmi bo‘lib, u o‘quvchining faol subyekt sifatida shakllanishini ta’minlaydi2. Pedagogik nuqtayi nazardan interaktivlik ta’lim jarayonining dialogik xarakterini ifodalaydi. M.M.Baxtin dialog konsepsiyasida bilim muloqot jarayonida, fikrlar to‘qnashuvi va o‘zaro boyitilishi natijasida shakllanishini asoslab bergan3. Shu ma’noda, interaktivlik o‘qitishning monologik modelidan dialogik modeliga o‘tishni anglatadi. Psixologik jihatdan interaktivlik L.S.Vygotskiyning ijtimoiy-madaniy rivojlanish nazariyasiga tayanadi. Unga ko‘ra, shaxsning kognitiv rivojlanishi avvalo ijtimoiy muhitda, hamkorlik faoliyatida yuzag

Сведения

Опубликовано
2026 · № 2, С. 115
Источник
pubedu.uz
Язык
Узбекский
Издатель
Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги