Biologiya fanini o‘qitishda raqamli va innovatsion metodlardan foydalanishning yangi yondashuvlari
44 “XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2026. № 1. www.pubedu.uz rivojlanishida va o‘quv materiallarini puxta o‘zlashtirishlarida dolzarb ahamiyat kasb etadi. Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi ham takomillashtirildi. Mazkur Qonunda mamlakatimizning ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari sifatida ta’lim va tarbiyaning inson
Сведения
- Журнал
- Халқ таълими
- Опубликовано
- 2026 · № 1, С. 43
- Источник
- pubedu.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги