Central AsianResearch Index

Rhus glabra L. (yalang‘och totum) o‘simligini biologik faol birikmalari

Rhus glabra L. (yalang‘och totum) Anacardiaceae oilasiga mansub bo‘lib, biologik faol birikmalarga boy dorivor o‘simlik sifatida ilmiy qiziqish uyg‘otmoqda. Mazkur ishning maqsadi ushbu turga oid mavjud ilmiy manbalarni tizimli ravishda tahlil qilish hamda uning fitokimyoviy va biologik faolligi to‘g‘risidagi zamonaviy qarashlarni umumlashtirishdan iborat. Tahlil davomida mahalliy va xalqaro ilmiy adabiyotlar asosida Rhus glabra L. o‘simligining tarqalish areali, morfologo-anatomik xususiyatlari, shuningdek, ikkilamchi metabolitlar tarkibi chuqur o‘rganildi. Adabiyotlar ma’lumotlariga ko‘ra, o‘simlik tarkibida polifenollar, flavonoidlar, gallotaninlar, fenol kislotalar va boshqa antioksidant komponentlar ustunlik qiladi. Ushbu birikmalar keng spektrli biologik faollik, jumladan antioksidant, yallig‘lanishga qarshi, antimikrob va sitoprotektiv xususiyatlarni namoyon etishi qayd etilgan. T

Сведения

Журнал
Farmatsiya
Опубликовано
2026 · С. 43
Источник
pharmjournal.uz
Язык
Узбекский
Издатель
Sog'lom-immunitet МЧЖ; Биоорганик кимё институти