Oddiy o‘rik (Prunus armeniaca L.) o‘simligining biologik faol birikmalari
Prunus armeniaca L. (oddiy o‘rik) o‘simligining biologik faol birikma - lari, morfologik va mikroskopik xususiyatlari hamda kimyoviy tarkibi bo‘yicha adabiyotlar tahlil qilindi. O‘zbekistonning o‘ziga xos iqlim sharoiti o‘simliklarda biologik faol moddalarning to‘planishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi, ammo o‘rik barglarining fitokimyoviy xususiyatlari yetarli o‘rganilmaganligi aniqlandi. Tadqiqot jarayonida 2000–2025-yillarga oid ilmiy manbalar tizimli ravishda tahlil qilinib, o‘rikning botanik tavsifi, kimyoviy tarkibi va biologik faolligi umumlashtirildi. Natijalarga ko‘ra, o‘rik mevalari, barglari va mag‘zi fenol moddalar, flavonoidlar, vitaminlar, yog‘ kislotalari va boshqa biologik faol birikmalarga boy bo‘lib, antioksidant, yallig‘lanishga qarshi va antimikrob xususi - yatlarga ega. Shuningdek, o‘rik xalq tabobatida keng qo‘llanilishi va uning farmakologik ahamiyati yuqoriligi ta
Сведения
- Журнал
- Farmatsiya
- Опубликовано
- 2026 · С. 150
- Источник
- pharmjournal.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Sog'lom-immunitet МЧЖ; Биоорганик кимё институти