Central Asian Research Index

Инновацион технологиялар, 2023, т. 50, № 02, с. 111-115

LALMIKORLIKNING TOG‘ OLDI MINTAQASIDA QATTIQ BUG‘DOY EKISH MUDDATI VA ME’YORLARI

Pirnazar Bobomirzaev, Mahliyo Savurova

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada Jizzax viloyati lalmikorlikning tog‘oldi mintaqasida qishloq xo‘jalik ekinlarining Davlat reestriga lalmikor yerlarda ekish uchun kiritilgan Langar navining maqbul ekish muddati va me’yorlarini aniqlash va ishlab chiqarishga tavsiyalar berish maqsad qilib qo‘yilgan. Tadqiqotni olib borish va fenologik kuzatuvlar umumqabul qilingan uslublar asosida olib borildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: ilk bor qattiq bug‘doy yangi Langar navini ekish muddati va me’yori Jizzax viloyati lalmikorlikning tog‘oldi mintaqasi sharoitida maqbullashtirilgan; lalmikorlikda qattiq bug‘doyning iqtisodiy jihatdan samarali maqbul ekish muddati va me’yorlarida o‘simlikning dala unuvchanligi, mahsuldor va umumiy tuplanish, o‘simliklarning qishga va yotib qolishga chidamliligi qiyosiy jihatdan aniqlangan; qattiq bug‘doyni 21-oktabrda gektariga 3,0 mln. unuvchan urug‘ ekilganda o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilishi bois eng yuqori mahsuldor tuplanish 2,09 dona va 1 m2dagi mahsuldor poyalar 230,5 dona shakllanishi aniqlangan.Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra ekish muddatlarining kechikib va me’yorlarining oshib borishi bilan o‘suv davri qisqarib boradi. Qattiq bug‘doyning Langar navidan mo‘l va sifatli hosil olish uchun maqbul ekish muddati 21-oktabrida gektariga 3,0 mln. unuvchan urug‘ ekish hamda ekish muddati kechikishi bilan (11.11), (1.12) ekish me’yorini gektariga 3,5 mln. unuvchan urug‘gacha oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Tajribalar natijalari tahlil qilinib yakunida xulosalar berilgan.

Сведения · Details