Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 10, с. 428-434
MIS ISHLAB CHIQARISH SHLAKLARINI FLOTATSION BOYITISH JARAYONI CHIQINDILARINI ISHQORIY MUHITDA KUYDIRISHNING TERMODINAMIK KO‘RSATKICHLARINI TADQIQ ETISH
Аннотация · Abstract
Maqolada mis ishlab chiqarish shlaklarini flotatsion boyitish jarayonida hosil bo‘ladigan chiqindilarni natriy gidroksid ishtirokida termik kuydirish jarayonining termodinamik qonuniyatlari tadqiq etilgan. Chiqindi tarkibidagi temir, kalsiy va alyuminiy silikatlarining NaOH bilan o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan sakkizta kimyoviy reaksiya tanlab olinib, ular uchun Gibbs erkin energiyasining haroratga bog‘liqlik tenglamalari tuzilgan. Reaksiyalarning termodinamik jihatdan sodir bo‘lish ehtimoli 298–1023 K harorat oralig‘ida hisoblangan qiymatlar asosida qiyosiy tahlil qilingan. Natijalar natriy silikat va natriy ortosilikat hosil bo‘lishi bilan kechadigan reaksiyalar termodinamik jihatdan maqbul ekanligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, kislorodli muhitda natriy ferrit hosil bo‘lish ehtimoli aniqlanib, mazkur jarayonning keyingi gidrometallurgik bosqichlarda temirni ajratib olishga ta’siri baholangan. Termodinamik hisoblashlar asosida ishqoriy termik faollashtirish uchun 300–350 °C harorat oralig‘i texnologik jihatdan maqsadga muvofiq deb belgilangan. Olingan natijalar mis ishlab chiqarish shlaklarini flotatsion boyitish chiqindilarini kompleks qayta ishlashning dastlabki bosqichini ilmiy jihatdan asoslashga xizmat qiladi.
Сведения · Details
- Журнал · Journal Муҳандислик ва Иқтисодиёт
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0