Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 9, с. 333-338
NEFT SANOATI QUVURLARIDA BOSIM O‘ZGARISHLARINI SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA PROGNOZLASH ALGORITMINI TAKOMILLASHTIRISH
Аннотация · Abstract
Neft sanoatida quvur transporti tizimining barqaror va xavfsiz ishlashi ko‘p jihatdan quvurlardagi bosimning o‘zgarishini o‘z vaqtida aniqlash va kelajakdagi holatini oldindan baholash imkoniyatiga bog‘liq. Quvur liniyalarida bosimning keskin o‘zgarishi nasos agregatlari ish rejimining o‘zgarishi, oqim sarfining tebranishi, neftning fizik xossalari, harorat, gidravlik qarshilik, armatura holati hamda texnologik rejimdagi buzilishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. An’anaviy nazorat tizimlari mavjud bosim qiymatini qayd etish va chegaraviy qiymatlardan oshganda signal berishga imkon bersa-da, kelajakdagi bosim holatini yetarli aniqlikda oldindan baholash imkoniyati cheklangan.
Сведения · Details
- Журнал · Journal Муҳандислик ва Иқтисодиёт
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0