Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 10, с. 250-257
SAMARQAND VILOYATIDA BILIMGA ASOSLANGAN XIZMATLAR (ALOQA-AXBOROT VA MOLIYAVIY XIZMATLAR) RIVOJLANISHINING HUDUDIY IQTISODIY O‘SISHDAGI O‘RNI
Аннотация · Abstract
Maqolada Samarqand viloyatida aloqa-axborot va moliyaviy xizmatlarning 2010–2024-yillardagi rivojlanishi va hududiy iqtisodiy o‘sishdagi o‘rni rasmiy statistika asosida tahlil qilingan. Real zanjirli indekslar, o‘sishga qo‘shilgan hissa, mehnat unumdorligi, lokalizatsiya koeffitsiyenti va Jini indeksi hisoblangan. Bilimga asoslangan xizmatlar real hajmi yiliga o‘rtacha 23,8 foizga, xizmatlar jami 14,3 foizga o‘sgan. 2020–2024-yillarda ular xizmatlar real o‘sishining qariyb uchdan bir qismini ta’minlagan, biroq viloyat bandlarining atigi 0,51 foizi shu sohalarda ishlaydi. Moliyaviy xizmatlarning 52,9 foizi Samarqand shahrida to‘plangan, aloqa-axborot xizmatlari esa tekis taqsimlangan. Tumanlarda raqamli bank xizmatlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar berilgan.
Сведения · Details
- Журнал · Journal Муҳандислик ва Иқтисодиёт
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0