Central Asian Research Index

Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 9, с. 298-304

«MAHALLA BANKIRI» TIZIMI ORQALI TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH, AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHNING IQTISODIY MEXANIZMLARI

Bekmirzo Sagdullayevich Abdurahimov

Аннотация · Abstract

Maqolada «Mahalla bankiri» tizimi orqali tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishning iqtisodiy mexanizmlari tadqiq etilgan. 2023–2025-yillarda kambag‘allik, ishsizlik, bandlik va kichik tadbirkorlik ko‘rsatkichlari dinamikasi tahlil qilinib, kambag‘allik qisqarishining ishsizlik qisqarishiga nisbati hisoblangan. Bandlikni ta’minlash kanallari tarkibi va mahalla darajasidagi kredit mahsulotlari tizimlashtirilgan. «Biznes g‘oya — loyiha — moliyalashtirish — hamrohlik — barqaror ish o‘rni — daromad» natijalar zanjiriga asoslangan iqtisodiy mexanizm modeli hamda loyihalar barqarorligi, kredit resurslari samaradorligi va kambag‘allikdan chiqish ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olgan baholash tizimi taklif etilgan.

Сведения · Details