Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 10, с. 456-461
DAVLAT ULUSHI MAVJUD TIJORAT BANKLARINING KREDIT AMALIYOTI TAHLILI
Аннотация · Abstract
Maqolada O‘zbekistondagi davlat ulushi mavjud tijorat banklarining kredit amaliyoti 2022–2026-yillar ma’lumotlari asosida boshqa banklar bilan qiyosiy tahlil qilingan. Markaziy bank ma’lumotlari bo‘yicha davlat banklarining jami kreditlardagi ulushi 85,8 foizdan 67,0 foizga qisqargan, biroq ular hamon kredit bozorining uchdan ikki qismini egallab turibdi. Davlat banklarida kreditlarning depozitlarga nisbati 190,2 foizni (boshqa banklarda 97,5 foiz), kreditlarning kapitalga nisbati 4,97 martani (3,70 marta) tashkil etishi ularning qarz resurslariga yuqori bog‘liqligini ko‘rsatadi. 2026-yil 1-sentabr holatiga davlat banklarida muammoli kreditlar ulushi 3,9 foiz bo‘lib, boshqa banklardagidan (3,3 foiz) yuqori; Mikrokreditbankda bu ko‘rsatkich 9,2 foizga yetgan. Bank tizimini isloh qilish strategiyasining davlat ulushi bo‘lmagan banklar aktivlari bo‘yicha maqsadi 47,9 foizga bajarilgani aniqlangan. Davlat banklari kredit amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Сведения · Details
- Журнал · Journal Муҳандислик ва Иқтисодиёт
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0