Central Asian Research Index

Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 10, с. 435-441

PAXTA-TO‘QIMACHILIK KLASTERLARIDA INNOVATSION RIVOJLANISHNING TEXNOLOGIK CHEGARALARINI ANIQLASH VA UNING ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGIGA TA’SIRINI BAHOLASH

Sa’dulla Muxidinovich Tadjiyev

Аннотация · Abstract

Maqolada paxta-to‘qimachilik klasterlarining texnologik chegarasi aniqlanib, unga nisbatan masofa ikki tarkibiy qismga ajratildi: o‘z guruhi texnologik chegarasigacha bo‘lgan masofa hamda guruh chegarasi bilan global chegara o‘rtasidagi texnologik tafovut. USDA ma’lumotlari asosida 13 ta mamlakat bo‘yicha 2015/16-2025/26-yillar uchun tola hosildorligi panel ma’lumotlari shakllantirilib, DEA, Malmquist indeksi, Battese-Coelli stoxastik chegara modeli va metachegara yondashuvi qo‘llanildi. Natijalar O‘zbekiston Markaziy Osiyo guruhi texnologik chegarasida yoki unga juda yaqin holatda ekanini ko‘rsatdi, texnologik tafovut koeffitsiyenti esa 0,27-0,39 oralig‘ida shakllandi. 2025/26-yilda tola hosildorligi 31,2 foizga oshdi. Qayta ishlash bosqichlari bo‘yicha chegaraga yaqinlik koeffitsiyentlari hisoblanib, keyingi o‘sishning asosiy imkoniyatlari texnologiyalarni yangilash hamda to‘quv va trikotaj bosqichlarini kengaytirish bilan bog‘liq ekani asoslandi.

Сведения · Details