Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 10, с. 245-250
KORXONANING XARID (KONSENTRATSIYA) VA SOTISH (TAQSIMOT) LOGISTIK TIZIMLARINI INTEGRATSIYALASH STRATEGIYALARI
Аннотация · Abstract
Maqolada korxonaning xarid (konsentratsiya) va sotish (taqsimot) logistik tizimlarini alohida boshqarish natijasida yuzaga keladigan yo‘qotishlar hamda ularni kamaytirishga qaratilgan integratsiyalash strategiyalari tadqiq etilgan. Mavzuning dolzarbligi O‘zbekistonda transport-logistika tizimini rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati va korxonalarda logistika xarajatlarini kamaytirish zarurati bilan bog‘liq. Tadqiqot metodologiyasi 2018–2026-yillarda e’lon qilingan xalqaro ilmiy manbalar va rasmiy hujjatlarning tizimli tahlili, qiyosiy tahlil hamda tizimli yondashuvni qamrab oladi. Natijada integratsiyaning to‘rt darajasi (axborot, operatsion, rejalashtirish va strategik) asoslab berildi, beshta integratsiya strategiyasi qiyosiy tavsiflandi hamda ularni tanlash mezonlari ishlab chiqildi. Mualliflarning ilmiy-amaliy hissasi xarid va taqsimot logistikasini yagona oqim sifatida boshqarishning bosqichma-bosqich konseptual modelini taklif etishdan iborat. Natijalardan korxonalar logistika tizimini takomillashtirishda foydalanish mumkin.
Сведения · Details
- Журнал · Journal Муҳандислик ва Иқтисодиёт
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0