Central Asian Research Index

Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 10, с. 118-122

O‘ZBEKISTONDA TIJORAT BANKLARIDA RAQAMLI MOLIYAVIY XIZMATLARNING HOZIRGI HOLATI VA TAHLILI

Sevara Nurmatovna Begimkulova

Аннотация · Abstract

O‘zbekiston tijorat banklarida raqamli moliyaviy xizmatlarning hozirgi holati va rivojlanish yo‘nalishlarini tahlil qilish tadqiqotning asosiy maqsadini tashkil etadi. Mavzuning dolzarbligi bank xizmatlarining qulayligi va ommabopligini oshirish zarurati bilan belgilanadi. Mobil banking, internet banking va masofaviy to‘lov xizmatlarining imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Raqamli xizmatlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi texnologik, tashkiliy va xavfsizlik omillari tahlil qilinadi. Mualliflik yondashuvi mazkur xizmatlarni mijozlar ehtiyojlari, foydalanish qulayligi va ishonchlilik nuqtayi nazaridan baholashga asoslanadi. Ilmiy yangilik sifatida raqamli moliyaviy xizmatlarni qulaylik, xavfsizlik va moliyaviy inklyuziya mezonlari asosida kompleks baholash yondashuvi taklif etiladi. Tadqiqot xulosalarida raqamli infratuzilmani takomillashtirish, moliyaviy savodxonlikni oshirish va mijozlarga yo‘naltirilgan xizmatlarni rivojlantirish zarurati asoslanadi.

Сведения · Details