Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 10, с. 54-62
O‘ZBEKISTON FOND BOZORI RIVOJINING AHOLI FAROVONLIGIGA TA’SIRI: 2016–2025-YILLAR MA’LUMOTLARI ASOSIDA EKONOMETRIK BAHOLASH
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston fond bozori rivoji va aholi farovonligi o‘rtasidagi bog‘liqlik 2016–2025-yillar ma’lumotlari asosida baholangan. Fond bozori savdo aylanmasi, bitimlar soni va aylanma/YaIM nisbati, farovonlik esa aholi jon boshiga real ixtiyoriy daromad hamda 2021–2025-yillardagi kambag‘allik darajasi orqali o‘lchangan. R dasturida OLS modellari HC3 va Newey–West HAC standart xatolari hamda vaqt trendi nazorati asosida baholangan. Natijalarga ko‘ra, birja aylanmasi 32,6 barobarga oshgan bo‘lsa-da, 2025-yilda uning YaIMga nisbati 0,53 foizni tashkil etgan. Qisqa muddatli modelda fond bozori chuqurlashuvi va real daromad o‘sishi o‘rtasida statistik jihatdan ahamiyatli bog‘liqlik aniqlanmagan (β = −0,002; p = 0,866; R² = 0,003). Natijalar fond bozorining aholi farovonligiga ehtimoliy bilvosita ta’sir kanallarini qo‘shimcha o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi.
Сведения · Details
- Журнал · Journal Муҳандислик ва Иқтисодиёт
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0