Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 7, с. 193-203
TIJORAT BANKLARIDA KREDIT MONITORINGINI RAQAMLASHTIRISH ORQALI KREDIT RISKLARINI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Аннотация · Abstract
Tijorat banklarida kredit monitoringini raqamlashtirish orqali kredit risklarini boshqarish samaradorligini oshirishning nazariy, metodologik va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida kredit monitoringining an’anaviy va raqamli mexanizmlari, kredit portfeli sifatini baholash, muammoli kreditlarni erta aniqlash, mijozlarning moliyaviy holatini real vaqtga yaqin rejimda kuzatish, avtomatlashtirilgan kredit skoringi, sun’iy intellekt va mashinaviy o‘qitish algoritmlaridan foydalanish masalalari tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2024–2026-yillarga oid rasmiy statistik ma’lumotlari asosida bank tizimidagi kredit portfeli va muammoli kreditlar dinamikasi o‘rganilgan. 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston bank tizimining jami kredit portfeli 604,0 trln so‘mni tashkil etib, 2025-yil boshiga nisbatan 13 foizga oshgan. Shu davrda muammoli kreditlarning jami kreditlardagi ulushi 4,0 foizdan 3,0 foizgacha kamaygan. Tadqiqotda AQSh, Xitoy va Yevropa mamlakatlarining kreditlarni raqamli baholash va monitoring qilish tajribasi O‘zbekiston bank amaliyoti bilan qiyosiy tahlil qilingan. Olingan natijalar asosida kredit monitoringini retrospektiv nazoratdan prognozlovchi va riskka asoslangan monitoring tizimiga transformatsiya qilish, kredit ma’lumotlarini integratsiyalash, real vaqt indikatorlari asosida erta ogohlantirish tizimini yaratish hamda sun’iy intellekt modellarini inson ekspertizasi bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Сведения · Details
- Журнал · Journal Муҳандислик ва Иқтисодиёт
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0