Central Asian Research Index

Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 9, с. 123-127

O’ZBEKISTON TIJORAT BANKLARIDA RAQAMLI BANK XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH: HOLAT, TENDENSIYALAR VA ISTIQBOLLAR

Rustamjon Abdurasulovich Giyayev

Аннотация · Abstract

Maqolada O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida raqamli bank xizmatlarining rivojlanish holati, asosiy tendensiyalari va istiqbollari tahlil qilingan. Tadqiqot O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2025-yil uchun yillik hisoboti va rasmiy statistik ma’lumotlariga asoslanadi. Tahlil natijalari bank kartalari, bankomat va infokiosklar, mobil bank ilovalari, QR-kod va kontaktsiz to’lovlar hamda tezkor to’lovlar tizimi orqali amalga oshirilgan operatsiyalarning barqaror o’sib borayotganini ko’rsatdi. 2025-yilda mobil ilovalar orqali amalga oshirilgan operatsiyalar hajmi 1,6 barobarga oshib, 645,6 trln so’mga yetdi. Raqamli bank xizmatlarini yanada rivojlantirish bo’yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan.

Сведения · Details