Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 10, с. 328-333
TAʼLIM TIZIMIGA OID LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISH VA BOSHQARISHNING XORIJ TAJRIBALARI
Аннотация · Abstract
Maqolada taʼlim tizimiga oid loyihalarni moliyalashtirish va boshqarishning xorijiy mexanizmlari hamda ularni Oʻzbekiston sharoitiga moslashtirish imkoniyatlari oʻrganilgan. Germaniyaning DigitalPakt, Angliyaning Education Endowment Foundation, Chilining MECESUP 3 va Bangladeshning LAISE tashabbuslari qiyosiy tahlil qilingan. Davlat budjeti, maqsadli grant, birgalikda moliyalashtirish va xalqaro imtiyozli kreditning vazifalari yoritilgan. Moliyaviy resurslarni ajratish, loyiha faoliyatini bajarish va taʼlim natijalariga erishish alohida baholanishi zarurligi asoslangan. Xorijiy tajribalar umumlashtirilib, ehtiyojlarni baholash, toʻliq xarajatlarni rejalashtirish, mustaqil monitoring va natijalarga asoslangan kengaytirishni birlashtiruvchi boshqaruv tartibi taklif etilgan. Mablagʻlarni taqsimlashda taʼlim muassasalarining boshlangʻich imkoniyatlari va ijtimoiy tenglikni hisobga olishga eʼtibor qaratilgan.
Сведения · Details
- Журнал · Journal Муҳандислик ва Иқтисодиёт
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0