Central Asian Research Index

Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 10, с. 422-426

KORXONALARNING MOLIYA FAOLIYATIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASHNING ZAMONAVIY USULLARI VA MEXANIZMLARI

Jahongir Shuhrat oʻgʻli Koʻchimov

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada korxonalar moliya faoliyatida raqamli texnologiyalarni qo‘llashning zamonaviy usullari va mexanizmlari tadqiq etilgan. Moliyaviy boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirishning iqtisodiy mazmuni, korxona moliyaviy resurslarini rejalashtirish, hisobga olish, tahlil qilish va nazorat qilishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Xususan, ERP tizimlari, bulutli texnologiyalar, katta ma’lumotlar tahlili, sun’iy intellekt, biznes-analitika, elektron to‘lov tizimlari hamda avtomatlashtirilgan moliyaviy boshqaruv vositalarining funksional imkoniyatlari tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalarni moliyaviy jarayonlarga integratsiya qilish natijasida axborot almashinuvi tezligini oshirish, moliyaviy ma’lumotlarning aniqligi va shaffofligini ta’minlash, operatsion xarajatlarni kamaytirish hamda boshqaruv qarorlarining samaradorligini oshirish imkoniyatlari asoslangan. Shuningdek, korxona moliya faoliyatini raqamlashtirish mexanizmlari tizimlashtirilib, ularning moliyaviy boshqaruv samaradorligini oshirishdagi ahamiyati bo‘yicha ilmiy xulosalar ishlab chiqilgan.

Сведения · Details