Central Asian Research Index

Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 10, с. 47-50

BIZNESNING BARQAROR O‘SISHINI TA’MINLASHDA XODIMLAR MOTIVATSIYASI VA INSON RESURSLARINI RIVOJLANTIRISHNING STRATEGIK AHAMIYATI

Kamilla Baxromovna Suyunova, Kumush Alisherovna Xamroyeva

Аннотация · Abstract

Ushbu ilmiy maqolada biznes subyektlarining barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlashda xodimlar motivatsiyasi va inson resurslarini rivojlantirishning strategik ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etilgan. Raqamli transformatsiya va raqobat kuchayib borayotgan sharoitda inson kapitalidan samarali foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish hamda korporativ madaniyatni takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda moddiy va nomoddiy rag‘batlantirish mexanizmlari, strategik boshqaruv va xodimlarning kasbiy rivojlanishi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar o‘rganilgan. Tahlil natijalari asosida inson resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va korxonalarning uzoq muddatli raqobatbardoshligini mustahkamlashga qaratilgan strategik yondashuvlar taklif etilgan.

Сведения · Details