Central Asian Research Index

Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 9, с. 438-442

O‘ZBEKISTON VALYUTA BOZORI LIBERALLASHUVI, VALYUTA KURSI MOSLASHUVCHANLIGI VA MAKROIQTISODIY BARQARORLIK O‘RTASIDAGI MUVOZANATNI TA’MINLASH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Xamidulloxon Abdug‘affor o‘g‘li Abduqaxxorov

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston valyuta bozorini liberallashtirish, valyuta kursining moslashuvchanligi va makroiqtisodiy barqarorlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tadqiq etilgan. Tadqiqotda 2018–2025-yillarga oid choraklik ma’lumotlar asosida real samarali almashuv kursi, iste’mol narxlari, tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha debitorlik qarzdorliklari, bojxona risk profillari va oltin-valyuta zaxiralari ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. VECM va VAR modellari yordamida o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi qisqa va uzoq muddatli bog‘liqliklar baholangan. Natijalar valyuta likvidligini oshirish, eksport tushumlarini repatriatsiya qilish va institutsional mexanizmlarni takomillashtirish valyuta bozori barqarorligini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.

Сведения · Details