Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 10, с. 220-225
UZUMZORLAR UCHUN ROSTLANUVCHI AGROFOTOELEKTRIK QURILMALARDA MODULLARNING MAVSUMIY QIYALIGINI TANLASHNING RADIATSION-ENERGETIK METODIKASI
Аннотация · Abstract
Maqolada uzumzorlar ustiga o‘rnatiladigan qiyaligi rostlanuvchi ikki tomonlama agrofotoelektrik qurilmalarda modul holatini uzumning fenologik fazalariga mos ravishda mavsumiy tanlash metodikasi taklif etilgan. Metodika elektr energiyasi ishlab chiqarishni maksimallashtirishni yagona maqsad sifatida emas, balki tok butasining vertikal bargg‘ujum zonasidagi sutkalik yorug‘lik dozasi va yozgi kuyish xavfi bilan birgalikda baholashga asoslangan. Qurilmaning samaradorligi yer ekvivalentlik koeffitsiyenti, foydali elektr energiyasi va DLI ning fazoviy taqsimoti orqali baholanadi. Bog‘langan radiatsion-issiqlik-elektr hisoblash sxemasida geometrik soyalanish, ikki tomonlama modulning old va orqa yuzalaridagi nurlanish, modul harorati hamda ekspluatatsion yo‘qotishlar hisobga olinadi. Mavsumiy qiyalikni tanlash cheklovli optimallashtirish masalasi ko‘rinishida ifodalanib, tinim davrida energetik optimumga, vegetatsiya davrida esa talab etiladigan yorug‘lik rejimini ta’minlash va kuyish xavfini kamaytirishga ustuvorlik beriladi. Tahlil natijalari yiliga bir necha marta rostlanadigan konstruksiyani statsionar va doimiy kuzatuvchi tizimlar o‘rtasidagi texnik jihatdan asoslangan oraliq yechim sifatida ko‘rsatadi. Taklif etilgan yondashuv Farg‘ona vodiysining keskin kontinental iqlim sharoitida uzumzor agrovoltaikasini loyihalash va ekspluatatsiya qilish uchun metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.
Сведения · Details
- Журнал · Journal Муҳандислик ва Иқтисодиёт
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0