Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 8, с. 265-270
DAVLAT BUDJETINING IQTISODIY KATEGORIYA SIFATIDAGI MOHIYATI, MAQSADI VA VAZIFALARI
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada davlat budjetining iqtisodiy kategoriya sifatidagi mohiyati, uning asosiy maqsad va vazifalari hamda davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda davlat budjetining daromadlarni shakllantirish, milliy daromadni qayta taqsimlash, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishdagi funksiyalari tahlil qilingan. Shuningdek, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, budjet jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, hududlarning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish hamda davlat qarzini samarali boshqarish masalalariga e’tibor qaratilgan. Tadqiqot yakunida davlat budjeti tizimini takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Сведения · Details
- Журнал · Journal Муҳандислик ва Иқтисодиёт
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0