Central Asian Research Index

Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 7, с. 100-107

KORXONALARDA RAQAMLI BOSHQARUV INFRATUZILMASINING RIVOJLANISH DARAJASI TAHLILI

Lobarxon Sherzod qizi Anvarova

Аннотация · Abstract

Korxonalarda raqamli boshqaruv infratuzilmasining rivojlanish darajasi va uning boshqaruv samaradorligiga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida raqamli texnologiyalardan foydalanish holati, ERP va CRM tizimlarining joriy etilishi, bulutli texnologiyalar, Big Data, sun’iy intellekt, elektron hujjat aylanishi, raqamli aloqa vositalari hamda axborot xavfsizligi tizimlarining rivojlanish darajasi asosiy yo‘nalishlar sifatida baholangan. Raqamli boshqaruv infratuzilmasining rivojlanish darajasini aniqlash uchun infratuzilmaviy, texnologik, axborot, boshqaruv va xavfsizlik komponentlarini qamrab oluvchi ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish taklif etilgan. Tahlil natijalari korxonalarning raqamli yetukligi nafaqat ularning texnologik jihozlanganlik darajasiga, balki xodimlarning raqamli kompetensiyalariga, ma’lumotlardan foydalanish sifatiga va boshqaruv jarayonlarining integratsiyalashuv darajasiga ham bog‘liqligini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari asosida korxonalarda raqamli boshqaruv infratuzilmasini rivojlantirish va undan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Сведения · Details