Central Asian Research Index

Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 7, с. 43-47

MINTAQAVIY INVESTITSIYA JARAYONLARINING HUDUDIY VA TARMOQ TARKIBINI BAHOLASH: DINAMIK TENDENSIYALAR VA NOMUTANOSIBLIKLAR

Xumoyun Mirzo Voxid o‘g‘li Qodirqulov

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada mintaqaviy investitsiya jarayonlarining hududiy va tarmoq tarkibi, ularning dinamik o‘zgarishlari hamda investitsiya resurslarining hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha taqsimlanishidagi nomutanosibliklar tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi investitsiya faolligining hududiy differensiallashuvi va tarmoq tarkibiy o‘zgarishlarini aniqlash, mavjud tendensiyalarni baholash hamda investitsiya resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini asoslashdan iborat. Tadqiqotda statistik tahlil, dinamik qatorlar tahlili, tarkibiy nisbatlarni baholash, taqqoslash, guruhlash va hududlararo differensiallashuvni aniqlash usullaridan foydalanilgan. Investitsiyalarning umumiy hajmi, o‘sish sur’atlari, jon boshiga to‘g‘ri keladigan investitsiyalar, investitsiya manbalari hamda iqtisodiyot tarmoqlari kesimidagi tarkibiy ulushlar asosiy tahlil ko‘rsatkichlari sifatida tanlangan. Tadqiqot natijalari investitsiya jarayonlarining hududiy jihatdan bir xil shakllanmasligi, ayrim hududlarda investitsiya resurslarining yuqori darajada konsentratsiyalashuvi va iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha investitsiyalar taqsimotida sezilarli tafovutlar mavjudligini ko‘rsatishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, investitsiya oqimlarining tarkibiy o‘zgarishi hududlarning iqtisodiy salohiyati, infratuzilma ta’minoti, ishlab chiqarish ixtisoslashuvi va investitsion jozibadorligi bilan uzviy bog‘liqligi asoslanadi. Maqolada aniqlangan nomutanosibliklarni kamaytirish, investitsiya oqimlarini diversifikatsiya qilish va hududlarning investitsion salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Сведения · Details