Central Asian Research Index

Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 10, с. 75-80

KONSALTING KOMPANIYALARIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA JARAYONLARINI STRATEGIK BOSHQARISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Shohsanam Ermamat qizi Ermamatova

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada konsalting kompaniyalarida raqamli transformatsiya jarayonlarini strategik boshqarishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Konsalting xizmatlari bilim, axborot, ekspertiza va intellektual kapitalga asoslanganligi sababli mazkur kompaniyalarda raqamli texnologiyalarni joriy etish oddiy texnik yangilanish emas, balki biznes jarayonlari, boshqaruv modeli, mijozlar bilan munosabatlar va qiymat yaratish mexanizmlarining transformatsiyasini talab qilishi asoslangan. Tadqiqotda konsalting kompaniyalarining raqamli transformatsiyasiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar tizimlashtirilgan hamda raqamli yetuklikni baholash ko‘rsatkichlari taklif etilgan. Raqamli transformatsiyani strategik boshqarishning “diagnostika – strategik rejalashtirish – raqamlashtirish – integratsiya – intellektuallashtirish – monitoring va takomillashtirish” bosqichlaridan iborat mexanizmi ishlab chiqilgan. Shuningdek, kompaniyaning raqamli strategiyasi, tashkiliy tuzilmasi, inson kapitali, biznes jarayonlari va texnologik infratuzilmasini o‘zaro bog‘lovchi strategik boshqaruv modeli taklif etilgan.

Сведения · Details