Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 9, с. 558-562
JAMOAT TRANSPORTI KORXONALARI RIVOJLANISH STRATEGIYASINI AMALGA OSHIRISHDA TIZIMLI-KOMPLEKS KONSEPSIYANI ISHLAB CHIQISH
Аннотация · Abstract
Maqolada jamoat transporti korxonalarining rivojlanish strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan tizimli-kompleks konsepsiya nazariy jihatdan ishlab chiqildi. Ilmiy adabiyotlar, meʼyoriy hujjatlar va statistik maʼlumotlar tahlili asosida strategik, operatsion, moliyaviy hamda mijozga yoʻnaltirilgan quyi tizimlar ajratildi. Ularning oʻzaro bogʻliqligi maqsadlar, resurslar, xizmat sifati va shartnomaviy majburiyatlar orqali izohlandi. Har bir quyi tizim uchun baholash koʻrsatkichlari taklif etilib, monitoring natijalarini keyingi boshqaruv qarorlarida hisobga olish tartibi bayon qilindi. Konsepsiyani tayyorlash, joriy etish va nazorat qilish bosqichlari belgilandi. Korxonalar faoliyatida iqtisodiy samaradorlik va yoʻlovchilar ehtiyojlarini muvofiqlashtirish imkoniyatlari koʻrib chiqildi. Strategik maqsadlarni kundalik faoliyat bilan bogʻlash, masʼuliyatni taqsimlash va yoʻlovchilar bahosidan foydalanish boʻyicha uslubiy takliflar shakllantirildi.
Сведения · Details
- Журнал · Journal Муҳандислик ва Иқтисодиёт
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0