Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 9, с. 464-471
HUDUDLARDA POCHTA-KURYERLIK LOGISTIKA INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH ORQALI XIZMAT KO‘RSATISH SAMARADORLIGINI TA’MINLASH
Аннотация · Abstract
O‘zbekiston hududlarida pochta-kuryerlik logistika infratuzilmasini xizmatlar oqimining hududiy tarkibi bilan muvofiqlashtirish orqali xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish masalalari tadqiq etilgan. 2026-yilning yanvar– iyun oylariga oid rasmiy statistika ma’lumotlari asosida pochta va kuryerlik xizmatlari hajmining hududlar kesimidagi konsentratsiyasi baholangan, hududiy ulushlar, o‘rtacha hududiy hajmga nisbatan koeffitsiyentlar hamda undan og‘ish ko‘rsatkichlari hisoblangan. Tadqiqotda pochta-kuryerlik tarmog‘ini markaziy logistika hubi, hududiy saralash-taqsimlash markazlari, tumanlararo mikrohublar, mahalliy konsolidatsiya punktlari va yagona raqamli boshqaruv qatlami asosida ko‘p pog‘onali tashkil etish modeli taklif etilgan. Mazkur yondashuv transport masofasini qisqartirish, saralash va tranzit vaqtini kamaytirish, infratuzilma quvvatlaridan oqilona foydalanish hamda hududiy xizmat qamrovining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.
Сведения · Details
- Журнал · Journal Муҳандислик ва Иқтисодиёт
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0