Central Asian Research Index

Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 9, с. 197-201

O‘ZBEKISTON HUDUDLARIDA IJTIMOIY FAROVONLIK VA YASHASH SHAROITLARINI BAHOLASHNING KOMPLEKS YONDASHUVI

Mirzabek Jamolov

Аннотация · Abstract

Maqolada hududlar kesimida aholi farovonligini faqat daromad ko‘rsatkichlari orqali emas, balki kundalikyashash sharoitlari bilan birgalikda baholash zarurati asoslanadi. Xalqaro tadqiqotlar hamda Jahon banki, Osiyo taraqqiyotbanki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va OECD yondashuvlari asosida Ijtimoiy sharoitlar va bazaviy obodlik indeksi(ISBO) taklif etiladi. Indeks daromadlar, bozor xizmatlari, kommunal infratuzilma va uy-joy ta’minotini yagona 0–100 balliktizimda birlashtirib, hududlarning nisbiy holatini hamda daromad salohiyati bilan real yashash qulayligi o‘rtasidagi tafovutnianiqlash imkonini beradi. Mazkur yondashuv hududiy nomutanosibliklarni diagnostika qilish va manzilli rivojlanish ustuvorliklarinibelgilashda amaliy vosita sifatida xizmat qilishi mumkin.

Сведения · Details