Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 9, с. 496-499
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA SANOAT KORXONALARI FAOLIYATI BOSHQARUV MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Аннотация · Abstract
Raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi sanoat korxonalari faoliyatini boshqarish tizimlariga tub o‘zgarishlarkiritmoqda: an’anaviy ierarxik boshqaruv modellari o‘rniga ma’lumotlarga asoslangan, moslashuvchan va real vaqtrejimida qaror qabul qilish imkonini beruvchi mexanizmlar shakllanmoqda. Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitidasanoat korxonalari faoliyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi.Tadqiqotda O‘zbekiston sanoat korxonalarida raqamli transformatsiya jarayonlari, “Sanoat 4.0” markazining tashkil etilishi,davlat korxonalarida zamonaviy boshqaruv tizimlarini joriy etish bo‘yicha belgilangan yo‘nalishlar hamda xorijiy ilmiytajriba ko‘rib chiqilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, raqamli boshqaruv vositalarini joriy etish ishlab chiqarish hajmi vaoperatsion samaradorlikni sezilarli darajada oshirishi mumkin. Mazkur jarayonni institutsional rivojlanish va kadrlar salohiyatinimustahkamlash bilan uyg‘un holda amalga oshirish uning samaradorligini yanada oshiradi. Maqola yakunida sanoatkorxonalarini boshqarish mexanizmlarini raqamlashtirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqilgan
Сведения · Details
- Журнал · Journal Муҳандислик ва Иқтисодиёт
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0