Central Asian Research Index

Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 9, с. 312-316

FERMER XO‘JALIKLARINING INTENSIV RIVOJLANISHIDA INVESTITSION QARORLARNI QABUL QILISHNING KO‘P MEZONLI VA RISKKA MOS MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH

Baxadir Rashidov

Аннотация · Abstract

Maqolada fermer xo‘jaliklarining intensiv rivojlanishida investitsion qarorlarni baholash va tanlash masalalaritadqiq etilgan. Agrar ishlab chiqarishda investitsiyalar samaradorligini faqat NPV yoki IRR kabi an’anaviy moliyaviyko‘rsatkichlar asosida baholash mavsumiy pul oqimlari, iqlim va hosildorlik risklari, suv taqchilligi hamda aktivlarningo‘zaro bog‘liqligini to‘liq hisobga olish imkonini bermasligi asoslangan. Shu sababli iqtisodiy qaytim, mavsumiy likvidlik,risk, aktivlar komplementarligi, ekologik samara, institutsional amalga oshirish imkoniyati, innovatsion qobiliyat va ichkiqayta investitsiya salohiyatini birlashtiruvchi ko‘p mezonli va riskka moslashuvchan yondashuv taklif etilgan. Mazkur yondashuvdaNPV, IRR, MIRR, EVA, cash gap, CCC, DSCR, sezgirlik tahlili, real opsionlar, aktivlar mosligi va qayta investitsiyakoeffitsienti kabi ko‘rsatkichlardan foydalanish nazarda tutiladi. Natijada fermer xo‘jaligida investitsiya tanlovi engyuqori daromadlilikka ega alohida aktivni tanlashga emas, balki xo‘jalikning asosiy cheklovini bartaraf etuvchi va butunishlab chiqarish tizimining barqarorligini oshiruvchi investitsiya paketini shakllantirishga yo‘naltiriladi.

Сведения · Details