Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 9, с. 207-211
TASHQI SAVDO JARAYONLARINI BOSHQARISHDA “INTEGRATSIYALASHGAN TARIF” INTERAKTIV XIZMATIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Аннотация · Abstract
Tashqi savdo jarayonlarini boshqarishda notarif tartibga solish choralari bo‘yicha axborot ta’minotini takomillashtirishmasalalari tadqiq etilgan. Xususan, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining tovarlarni import va eksportqilish jarayonida qo‘llaniladigan notarif choralar, jumladan, ruxsatnomalar, sertifikatlar, nazorat turlari hamda vakolatlidavlat organlari to‘g‘risida ishonchli va tezkor axborot olish imkoniyatlari tahlil qilingan. “Integratsiyalashgan tarif” interaktivxizmatining tashqi savdo jarayonlarini boshqarishdagi o‘rni va notarif tartibga solish samaradorligiga ta’siri yoritilgan.Mazkur xizmat orqali tashqi savdo ishtirokchilarining tovarlarga nisbatan qo‘llaniladigan notarif choralar haqida oldindanma’lumot olishi tashqi savdo operatsiyalarini samarali rejalashtirish, vaqt va moliyaviy xarajatlarni kamaytirish, ortiqchama’muriy to‘siqlarni bartaraf etish hamda boshqaruv qarorlari samaradorligini oshirish imkonini berishi asoslangan. Shuningdek,notarif choralar to‘g‘risidagi axborotni yagona raqamli muhitda shakllantirish va muntazam yangilab borish tashqisavdo jarayonlarining shaffofligi hamda prognoz qilinish darajasini oshirishning muhim omili sifatida baholangan. “Integratsiyalashgantarif” interaktiv xizmati tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiyhujjatlar va boshqa ma’lumotlarni internet orqali olish, shuningdek, axborotni real vaqt rejimida taqdim etish imkoniniberishi normativ-huquqiy jihatdan asoslangan.
Сведения · Details
- Журнал · Journal Муҳандислик ва Иқтисодиёт
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0