Central Asian Research Index

Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 9, с. 64-68

TEXNOGEN CHIQINDILAR ASOSIDA MNA-1 VA MNA-2 FAOL KIMYOVIY QOʻSHIMCHALARINI SINTEZ QILISH VA SEMENT XAMIRINING REOLOGIK KOʻRSATKICHLARINI BOSHQARISH

Nodir Muhamedov

Аннотация · Abstract

Neft-gaz va kimyo sanoatida hosil bo‘ladigan texnogen chiqindilarni qayta ishlash asosida MNA-1 va MNA-2faol kimyoviy qo‘shimchalarini olish sharoitlari hamda ularning sement xamirining suv talabchanligiga ta’siri o‘rganildi.MNA-1 lignosulfonatni, MNA-2 esa ishlatilgan monoetanolamin eritmasining kub qoldig‘ini fosforlash yo‘li bilan olindi.Tajribalarda MNA-1 uchun komponentlarning 1:1:1 molyar nisbati, 80 °C harorat va 40 minutlik ishlov maqbul natija berdi;MNA-2 uchun esa 1:1:1 nisbat, 75 °C va 40 minut tanlandi. MNA-1 miqdori 0,2–1,5% oralig‘ida oshirilganda sement xamiriningsuv talabchanligi 5,0–34,0% ga, MNA-2 1–15% miqdorda qo‘llanganda 5,0–30,4% ga kamaydi. Ayniqsa, MNA-1ning nisbatan kichik dozada sezilarli suv kamaytiruvchi ta’sir ko‘rsatishi uning sement tizimlari uchun istiqbolli mahalliymodifikator ekanini ko‘rsatadi.

Сведения · Details