Central Asian Research Index

Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 8, с. 404-414

O'ZBEKISTONDA TASHQI SAVDO VA LOGISTIKA INFRATUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH ORQALI AGROEKSPORTNI DIVERSIFIKATSIYA QILISH: QOVUN EKSPORTINING YEVROPA ITTIFOQI BOZORLARIGA CHIQISH IMKONIYATLARI

Feruz Raximov

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekistonda tashqi savdo va transport-logistika infratuzilmasini takomillashtirish orqaliagroeksport geografiyasini diversifikatsiya qilish imkoniyatlari qovun eksporti misolida tadqiq etilgan. O‘zbekiston qovuneksportining amaldagi geografik tarkibi, uning ayrim an’anaviy bozorlarga bog‘liqligi hamda Yevropa Ittifoqi, xususan,Germaniya bozoriga kirish istiqbollari baholangan. Tadqiqotda iqtisodiy-statistik, qiyosiy va tarkibiy tahlil usullari, Herfindahl–Hirschman indeksi (HHI) hamda oddiy chiziqli regressiya modelidan foydalanilgan. Hisob-kitoblar 2019–2025-yillardaqovun eksporti konsentratsiyasining ayrim yillarda yuqori darajada saqlanib qolganini ko‘rsatgan. Regressiya tahliligako‘ra, Germaniya bozorining qovun eksportidagi ulushi bilan umumiy eksport hajmi o‘rtasida ijobiy va statistik jihatdanahamiyatli bog‘liqlik aniqlangan (β = 2,2202; R² = 0,787; p = 0,0077). Natijalarga ko‘ra, Germaniya bozoridagi ulushning1 foiz punktga oshishi umumiy qovun eksporti hajmining o‘rtacha 2,2 foizga ko‘payishi bilan bog‘liq. Tadqiqotda eksportnidiversifikatsiya qilish uchun sovuq logistika zanjirlarini rivojlantirish, multimodal transport yo‘nalishlarini kengaytirish,GLOBALG.A.P. va Yevropa Ittifoqi standartlarini joriy etish, elektron fitosanitariya tizimini takomillashtirish, Germaniyadadistribyutorlik markazlarini tashkil etish hamda sun’iy intellekt asosidagi “Aqlli eksport” platformasini yaratish taklif etilgan

Сведения · Details