Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 8, с. 359-396
TURLI IQLIM SHAROITLARIDA BINOGA INTEGRATSIYALASHGAN SHAFFOF FOTOVOLTAIK TIZIMLARNING ENERGIYA SAMARADORLIGI VA ULARNI O‘ZBEKISTON HUDUDLARIDA QO‘LLASH ISTIQBOLLARI
Аннотация · Abstract
Ushbu tahliliy sharh maqolada shaffof va yarim shaffof fotoelektrik tizimlarni bino fasadlariga integratsiyalashningenergiya samaradorligiga ta’siri ikki ilmiy tadqiqot natijalari asosida qiyosiy tahlil qilindi. Vakuumli yarim shaffofPV oynalar hamda fasadga integratsiyalangan a-Si BIPV tizimlarining elektr energiyasi ishlab chiqarishi, tabiiy yoritish,quyosh issiqlik kirishi, isitish va sovitish yuklariga ta’siri baholandi. Tahlil natijalari bunday tizimlarning samaradorligi iqlimsharoiti, fasad yo‘nalishi, shaffoflik darajasi va issiqlik-texnik xususiyatlarga bog‘liqligini ko‘rsatdi. O‘zbekiston sharoitidaSurxondaryo va Qashqadaryo hududlari uchun sovitish yukini kamaytiruvchi yarim shaffof PV fasadlar, Buxoro, Navoiy,Xorazm va Qoraqalpog‘iston uchun vakuumli yoki Low-E qoplamali PV oynalar, Toshkent, Samarqand hamda Farg‘onavodiysi uchun esa yozgi sovitish va qishki isitish yuklarini birgalikda kamaytiruvchi vakuumli yarim shaffof PV tizimlari tavsiyaetildi. Shaffof PV fasadlarni loyihalashda U-value, SHGC, AVT va elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarinihududiy iqlim ma’lumotlari asosida kompleks optimallashtirish zarurligi asoslandi
Сведения · Details
- Журнал · Journal Муҳандислик ва Иқтисодиёт
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0