Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 8, с. 174-178
QALMOQQIR MIS-MOLIBDEN RUDALARI MINERALLARINING OCHILISH DARAJASINI BAHOLASH VA BOYITISH TEXNOLOGIYASINI ASOSLASH
Аннотация · Abstract
Qalmoqqir mis-molibden konidan olingan aralash va kam sulfidli rudalarning moddiy tarkibi, mineralogik xususiyatlarihamda foydali komponentlarning yanchilish sinflari bo‘yicha ochilish darajasi tadqiq etilgan. Zamonaviy XRD, SEM vaQEMSCAN avtomatlashtirilgan tahlil usullari yordamida rudaning mineral va kimyoviy tarkibi miqdoriy jihatdan baholangan.Tahlil natijalariga ko‘ra, rudaning 88,2 % qismini litofil komponentlar tashkil etib, SiO₂ miqdori 61,2 %, Al₂O₃ miqdori esa 13,7% ni tashkil qilishi aniqlangan. Misning umumiy miqdori 0,37 % bo‘lib, uning 97,56 % qismi sulfidli shaklda uchrashi qaydetilgan. Ruda tarkibida shlam hosil qiluvchi seritsit, muskovit va xlorit minerallarining yuqori miqdori (15–17 %) aniqlanib,ularning flotatsiya jarayonidagi ekranlash ta’siri ilmiy jihatdan asoslangan. Minerallarning ochilish darajasi −0,074 mm sinfining56 % va 70 % ulushiga ega namunalarda qiyosiy baholanib, yanchish darajasi oshishi bilan xalkopirit va pirit minerallariningochilish darajasi yaxshilanishi aniqlangan. Olingan natijalar mis-molibden rudalarini boyitishda maqbul yanchishdarajasini tanlash, minerallarning samarali ochilishini ta’minlash va texnologik ko‘rsatkichlarni optimallashtirish uchun ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Сведения · Details
- Журнал · Journal Муҳандислик ва Иқтисодиёт
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0