Central Asian Research Index

Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026, т. 4, № 7, с. 329-337

MUHIM AXBOROT INFRATUZILMASI OBYEKTLARINING RAQAMLI TRANSFORMATSIYASI SHAROITIDA KIBERXAVFSIZLIK BO‘YICHA MUTAXASSISLARNI AMALIYOTGA YO‘NALTIRILGAN TAYYORLASH

Sherzod G‘ulomov

Аннотация · Abstract

Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining raqamli transformatsiyasi kiberxavfsizlikning nazariy asoslarinichuqur bilish bilan bir qatorda, axborotni himoya qilishning real vositalarini ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va amaliyotgajoriy eta oladigan yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashni talab etadi. Elektron hukumat, banklarning raqamlixizmatlari, sanoatni avtomatlashtirish hamda kibertahdidlar sonining ortib borishi sharoitida magistrantlar, doktorantlar vamustaqil izlanuvchilarni amaliyotga yo‘naltirilgan holda tayyorlash alohida ahamiyat kasb etmoqda.Mazkur maqolada ilmiy tadqiqotlar, dasturiy yechimlarni loyihalash, patentlash, ilmiy nashrlar tayyorlash hamda tadqiqotnatijalarini korxonalar faoliyatiga joriy etishni o‘zaro integratsiyalashga asoslangan kiberxavfsizlik mutaxassislarini tayyorlashningamaliyotga yo‘naltirilgan modeli taklif etiladi. Amaliy misol sifatida korxonalar va muhim axborot infratuzilmasiobyektlarida korporativ kommunikatsiyalar xavfsizligini oshirishga mo‘ljallangan PRIVATGRAM himoyalangan korporativmessenjerini ishlab chiqish ko‘rib chiqiladi.

Сведения · Details